Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayolni sharmanda qilish bilan qo‘rqitganlar ushlandi

Ayolni sharmanda qilish bilan qo‘rqitganlar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Chiroqchi tumanida fuqaroni internet tarmoqlari orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va S.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G‘.ning N. ismli ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 1 000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan B.Yu. va S.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring