Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aybsiz ayol oqlandi

Aybsiz ayol oqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining 2010-yil 16-martdagi hukmiga ko‘ra M.Soliyeva (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

JKning 72-moddasi qo‘llanib, tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilangan.

M.Soliyeva onasi bilan birga o‘ziga tegishli bo‘lgan «Mechta» kafesida olib borilgan ta’mirlash ishlari uchun 2008 yil dekabr oyida R.Rahimovga ish haqi evaziga 5000 so‘mga hisoblab, iste’mol qilishi uchun bir paketda o‘ralgan ko‘p miqdordagi geroinni qonunga xilof ravishda sotganlikda ayblangan.

Ish hujjatlariga ko‘ra M.Soliyevaning aybini isbotlovchi dalil sifatida faqat R.Rahimovning 2008 yil noyabr oyida kafeda elektr jihozlarini ta’mirlaganligi sababli xizmat haqi uchun M.Soliyevadan bir paket geroinni olganligi haqidagi ko‘rsatuvi asos qilib olingan.

M.Soliyeva geroinni R.Rahimovga sotmaganligi va iste’mol qilmasligini dastlabki tergov va sudda bayon qilgan bo‘lib, uning ushbu ko‘rsatmalarini inkor etuvchi dalillar mavjud emas.

Shu sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudining 2018-yil 4-iyundagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining 2010 yil 16 martdagi hukmi bekor qilinib, M.Soliyevaning qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatildi.

M.Soliyeva aybsiz deb topilib, oqlandi.

M.Soliyevaga o‘ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni JPKning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

Z.Qurbonov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring