Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi avtotransportlar va ulardagi fuqarolar chegarada 30 daqiqadan ortiq qolib ketmaydi

Endi avtotransportlar va ulardagi fuqarolar chegarada 30 daqiqadan ortiq qolib ketmaydi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Nizomga muvofiq, Davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi asosida amalga oshiriladi.

Nizomda o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti aniq belgilandi.

Ya’ni, avtotransportning o‘tkazish punktida bo‘lish vaqti uning turi va o‘tkazish punktining texnik holatiga qarab quyidagi muddatdan ortiq bo‘lmasligi kerak:
- yengil avtotransport vositalari – 15 daqiqa;
- yuk avtotransport vositalari – 30 daqiqa.

Bunda, avtotransportning har bir davlat nazorati organlari tomonidan tegishli tartib-taomillardan o‘tkazilishi vaqti O‘zbekistonga kirishda quyidagicha belgilangan:

- sanitariya-karantin nazorati (haydovchi sanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 3 daqiqa;
- chegara nazorati (Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqni beruvchi hujjatlar mavjudligi va pasport tekshiriladi) – 4 daqiqa;
- bojxona nazorati (haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi) – 15 daqiqa;
- fitosanitariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar fitosanitariya nazorati ob’yekti bo‘lsa, fitosanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa;
- veterinariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar veterinariya nazorati ob’yekti bo‘lsa, veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa.

Nizomda, shuningdek, qaysi hollarda nazorat tartib-taomilidan o‘tish vaqti belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Jumladan, o‘tkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganida nazoratdan o‘tish vaqti belgilangan muddatdan ortiq bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring