Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomashinasini poliklinika ishchisiga tozalatgan bo‘lim mudiriga chora ko‘rildi

Avtomashinasini poliklinika ishchisiga tozalatgan bo‘lim mudiriga chora ko‘rildi

Foto: «@xushnudbek»

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ushbu surat tarqalgan edi. Aniqlanishicha, To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi 2-son ko‘p tarmoqli poliklinikasining bo‘lim mudirasi Ye.B. ish jarayonida o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinani shu poliklinikada farrosh bo‘lib ishlovchi K.G.ga tozalatgan.

Shunga ko‘ra, Ye.B. Mehnat kodeksining 177-moddasi ikkinchi qismidagi talablarini buzganligi sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan tuman Davlat mehnat huquqi inspektori tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarima solindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring