Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning mashhur Smitson instituti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

AQShning mashhur Smitson instituti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Foto: «Washington DC»

Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga AQShning Smitson universiteti mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida milliy madaniy merosimiz o‘rganiladi hamda o‘zbek ekspertlari bilan turizmni rivojlantirish loyihasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashiladi.

15-yanvarga qadar delegatsiya vakillari Madaniyat, Iqtisodiyot, Tashqi ishlar vazirliklarida, Davlat turizm qo‘mitasi, Xususiy turistik agentliklar assotsiatsiyasida, muzey va ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazishadi. Uchrashuvlarda respublika turistik salohiyatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan. Uning maqsadi Toshkent va Xiva shaharlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish iborat bo‘lib, tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ushbu shaharlarda turizmni yanada rivojlantirish borasida institutning xulosa va tavsiyalari beriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Smitson muzeylarida O‘zbekiston madaniy merosiga oid 1500 dan ortiq yodgorliklar saqlanadi.

Ma’lumot uchun qayd etish kerak, Smitson muzeylari «Muzeydagi tun» filmi orqali kino ixlosmandlariga juda yaxshi tanish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring