Aqiqa va hayitning qurbonligini bitta qilsa bo‘ladimi?
Farzandimning aqiqa kuni Qurbon hayitidan 2 kun oldinga to‘g‘ri keldi. Aqiqa va hayitning qurbonligini bitta qilib qurbonlik qilsam bo‘ladimi?
Ushbu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi.
«Aqiqa qilish vojib amallardan emas, balki mustahabdir. Aqiqa qilmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Ammo, qurbonlik vojib bo‘lsa, uni albatta bajarish lozimdir.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki qurbonlikda tuya va qora molda yetti kishigacha sherik bo‘lib so‘yish mumkin. Shu e’tibordan qora mol va tuyaga o‘xshash hayvonlarda bir hissasi qurbonlik ikki hissasi (qiz bola bo‘lsa bir hissasi) aqiqadan deb so‘yish ham mumkin. «Badoye’» kitobida shunday deyiladi:
«Shuningdek, tuya va molda yetti kishi sherik bo‘lib, ulardan biri tug‘ilgan farzandiga aqiqa qilishni iroda qilishi ham joiz».
Lekin qo‘yni ham qurbonlikdan, ham aqiqadan so‘yib bo‘lmaydi. Chunki qo‘yning o‘zi faqat bir hissadir. Bunday holatda albatta, qurbonlikni niyat qilib so‘yish lozim bo‘ladi», deyiladi Fatvo hay’ati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter