Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AOKA faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqiladi

AOKA faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda. Unda davlat rahbari ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish lozimligini aytib o‘tdi.

«Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishning dastlabki davrida ommaviy axborot vositalarini keng qo‘llab-quvvatlash, ularni himoya qilish, davlat idoralarida axborot xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etilgan edi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ularni yanada rivojlantirish, mustaqil faoliyat yuritishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Agentlik faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim, deb hisoblayman», dedi prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring