AOKAning uch nafar xodimiga O‘zbekiston fuqaroligi berildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bir necha yillardan beri fuqarolik pasporti ololmay yurgan 3 xodimga bugun pasportlar topshirilgan.
«Agentlik rahbari sifatida endi ish boshlagan paytlarimda tizim korxonalarida mehnat qilayotgan oddiy ishchilar bilan suhbatlashgan edim. O‘shanda uch nafar xodimimiz fuqarolik pasportini olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytgan va biz ularga yordam berishga va’da bergan edik. Bugun o‘sha kun keldi. Prezidentimiz Farmoni bilan O‘zbekiston nashriyotining uch nafar xodimi O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi», degan AOKA bosh direktori Komil Allamjonov.
Tadbirda pasport olganlar o‘z minnatdorligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter