Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anvar qorining janozasi «Minor» masjidida o‘qiladi

Anvar qorining janozasi «Minor» masjidida o‘qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov bugun, 13-iyun kuni tongda vafot etgani haqida xabar bergan edik.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolar, imom-xatiblar va mudarrislar Anvar qori Tursunovning oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Alloh taolo u kishining qilib o‘tgan yaxshi amallarini o‘zlariga hamroh qilsin. Qoldirgan ilmiy meroslari, mav’izai hasanalaridan xalqimiz ko‘p yillar manfaatdor bo‘lishini muyassar aylasin. Anvar qori Tursunovning oxiratlari obod bo‘lsin», — deyilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, Anvar qori Tursunovning janozaci Minor jome’ masjidida asr namozidan so‘ng o‘qiladi va Minor qabristoniga dafn qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring