Anomal sovuq qachongacha davom etishi ma’lum qilindi
Ma’lumki, 9-10-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq oqim kirib kelib, ko‘p hududlarda qalin qor yog‘ishi kuzatildi.
Gidrometeorologiya ma’lumotiga ko‘ra, haftaning oxiriga kelib, havo harorati 12-17 darajagacha sovuq, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqgacha pasayadi. Eng past harorat respublika shimolida kuzatiladi, Ustyurt va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida -27 - 30 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari 7-12 harorati sovuq bo‘ladi.
Anomal sovuq harorat hafta oxirigacha saqlanib turadi.
O‘zbekiston bo‘yicha eng past harorat qiymatlari so‘ngi marta 2008-yilning yanvar oyida kuzatilgan. Respublika hududi bo‘yicha harorat 17-22 daraja sovuqgacha, ba’zi joylarda 24-26 daraja sovuqgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va cho‘l hududlarda 30-33 daraja sovuqgacha pasayishi qayd yetilgan. O‘sha yilda Toshkentda minimal harorat 17,4 daraja sovuqni tashkil etgan.
1972, 1973, 1974 va 1977-yillarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yanada qattiq sovuqlar kuzatilgan. Shimolda va cho‘l hududlarda bu yillarda harorat 33-38 daraja sovuqga etgan. Toshkentda 1974-yilning yanvar oyida havo harorati 18,6 daraja sovuqgacha pasayishi qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter