Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonning qayta-qayta tanqidga uchragan hokimi ishdan olindi

Andijonning qayta-qayta tanqidga uchragan hokimi ishdan olindi

Illyustrativ foto

Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinov ishdan olingani rasman tasdiqlandi. Bunday xabarlar avval ham tarqalgan, lekin rasman tasdig‘ini topmay kelayotgan edi.

Datlab, 2019 yilning aprel oyida u ishdan olingani, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i F. Buzrukov Andijon tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi.  Ammo qisqa vaqtdan so‘ng U. Isomiddinov yana o‘z joyiga qaytdi, uning vaqtincha ishga chiqmagani salomatligini tiklash bilan izohlandi.

Ulug‘bek Isomiddinov o‘quvchilarimizga yaxshi tanish. Uning faoliyati haqida bir emas, bir necha marta tanqidiy maqolalar chop etilgan. Bu orada hokim o‘zini tanqid qilgan jurnalistga qo‘shib, uni chop etgan boshqa nashrniyam sudga beradi. Sudda baribir jurnalistlar yutib chiqqanidan ham xabaringiz bor.

Bugun, xalq deputatlari Andijon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Andijon viloyati Andijon tumani hokimi lavozimiga Egamberdiyev Abdujabbor Husanovich tayinlandi.

Tayinlovga qadar Egamberdiyev Abdujabbor Husanovich, Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Andijon tumanining endilikda sobiq hokimi Ulug‘bek Isomiddinovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot mavjud emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring