Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi «qiynoq ishi» bo‘yicha yana ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olindi - Bosh prokuratura

Andijondagi «qiynoq ishi» bo‘yicha yana ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olindi - Bosh prokuratura

Foto: Madina Nurmanova

Andijonlik fuqaro mahalliy IIB xodimlari qiynoqlari oqibatida vafot etishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uch nafar ichki ishlar organi xodimi qamoqqa olinganidan xabaringiz bor.

Xalqaro press-klubning 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Bosh prokuratura matbuot  xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov mazkur jinoyat ishi  bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berdi.

Unga ko‘ra, olib borilayotgan tergov harakatlari davomida  yana ikki nafar shaxs ushbu jinoyatga aloqador deb topilgan. Ya’nikim, Andijon shahar IIO MFBning 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda mazkur bo‘lim jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakiliga Jinoyat kodeksining qator moddalari  bilan ayb e’lon qilinib, ular ham qamoqqa olingan.

Shu tariqa jinoyat ishi bo‘yicha qamoqqa olingan IIB xodimlari soni 5 nafarga yetdi.  Bundan tashqari, 4-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismi navbatchi katta inspektoriga hujjat soxtalashtirishga oid  ayb e’lon qilingan. Unga munosib xulq atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qiynoq qo‘llagan IIB xodimlariga oid jinoyat ishi tergov jarayonida xolislik va qonuniylikni ta’minlash maqsadida Andijon shahar prokuraturasidan Bosh prokuratura ish yurituviga olingan.

Tergov harakatlari  markaziy mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring