Andijon xalqaro aeroportiga yangi nom berildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 1-avgustdan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter