Andijon viloyatida yana bir tumanga hokim tayinlandi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga Ahmadaliyev Zohidjon Zokirjonovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Zohidjon Ahmadaliyev Andijon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Qayd etish lozimki, Xo‘jaobod tumanining avvalgi hokimi Otabek Rasulov uning faoliyatidan norozi bo‘lgan mahalliy kengash deputatlarining Prezidentga murojaatidan so‘ng ishdan bo‘shatilgandi.
Avvalroq Asaka tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter