Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahri sobiq hokimi videomurojaat yo‘lladi

Andijon shahri sobiq hokimi videomurojaat yo‘lladi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan videomurojaat qildi.

«Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda men bilan qandaydir murojaatlar, muloqotlar haqida gap ketayapti. Bu albatta yolg‘on, bo‘hton. Bu Andijon shahri, viloyat va rahbariyatning obro‘siga putur yetkazish, deb o‘ylayman. Buni qoralayman, la’natlayman», – deydi sobiq hokim «Telegram» orqali e’lon qilingan videochiqishida.

O‘z murojaatda sobiq hokim aynan qaysi «yolg‘on va bo‘hton» haqida gap borayotganini aniq ochiqlamagan. Shu sabab ko‘pchilik bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlariga bog‘liqligini taxmin qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha voqealardan keyin tarmoqlarda go‘yoki Dilmurod Rahmatullayev bilan qilingan suhbat matni tarqalgan. Unda Andijondagi maktablarda ishlovchi 25-35 yoshdagi «boshi ochiq» ayollar ro‘yxati haqida ham gap borgan va bu masalada viloyat rahbariyatiga nisbatan jiddiy ayblovlar bayon qilingan. Andijon shahri sobiq hokimi aynan ushbu muloqotning bo‘hton ekanini bildirish uchun videomurojaat yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan olingan edi.

Sessiyada ishtirok etgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shahar sobiq hokimi ishiga baho berib, uni ko‘p marta ogohlantirganini ta’kidlab o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring