Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahar hokimi ishdan olindi

Andijon shahar hokimi ishdan olindi

Foto: «Kun.uz»

Bugun, 26-avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi «Xalq so‘zi».

Bu haqda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, turli yillarda ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan, bir muddat Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan Dilmurod Rahmatullayev 2016-yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring