Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimining jiyani qamoqqa olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Andijon hokimining jiyani qamoqqa olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon hokimining jiyani, fuqaro Q.Sh.U. JKning 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari va 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan ayblanib, qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Unda «jiyan» firibgarlik bilan qo‘lga tushgani va bu uning birinchi ishi emasligi aytiladi.

Ushbu xabarlarga viloyat hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

«Avvalo, bunday holat bo‘yicha (o‘sha shaxs kim bo‘lishidan qat’i nazar) aniq isbotlar yoki biror rasmiy idoraning xabarni tasdiqlagani kuzatilgani yo‘q. Qolaversa, bunday holat mas’ul rahbar bilan va uning yaqinlari bilan bog‘liqligi haqiqatga zid.

Keyingi navbatda esa, har bir shaxs o‘z xatti-harakati uchun o‘zi javobgar bo‘lishi qonunlarimizda ko‘rsatilgan», – deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring