Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov va taniqli jurnalist o‘rtasida katta mojaro chiqdi

Komil Allamjonov va taniqli jurnalist o‘rtasida katta mojaro chiqdi

Mass-mediani rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov taniqli mustaqil jurnalist Sergey Yejkov ustidan huquqni muhofaza qilish organiga ariza bergan. Bu haqda uning o‘zi xabar berdi.

Gap shundaki, shu yilning 21 fevral kuni Sergey Yejkov Uzmetronom.com saytida «Brilliantoviy malchik» sarlavhasi ostida maqola e’lon qilgan. Unda Komil Allamjonov 4,2 mln. dollarlik tilla taqinchoqlar O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishida sherikchilikda ayblangan.

Allamjonovga ko‘ra, Yejkov unga tuhmat qilgan va Jinoyat kodeksining 182-moddasi «Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish» kabi og‘ir jinoyatni sodir etishda ayblagan.

«Yejkov bilan shaxsan tanish emasman, lekin 2016 yilga qadar odamlar orasida u go‘yoki ayrim maxsus xizmatlarning buyurtmalarini bajarib kelgan, ma’lum shaxslarning obro‘siga putur yetkazish quroli sifatida ishlatib kelingan, degan gaplar yuradi. Bu gap-so‘zlarning rost yoki yolg‘onligini bilmayman, bu safar ham buyurtma bor yoki yo‘q ekanini endi tergov aniqlaydi», deb yozgan u.

Allamjonovning aytishicha, agar Yejkov o‘z maqolasida ko‘rsatgan holat bo‘yicha dalil keltira olmasa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi, 3-qismi «a» bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring