Alisher Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi qurib beradi
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi sobiq «Kichkintoylar bog‘i»da bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
6 gektarni egallagan mazkur hududda UMS Holding asoschisi, mashhur tadbirkor hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi.
— Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi, — dedi viloyat hokimi.
Shavkatjon Abdurazzaqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter