Alisher Shodmonov Jeneva sessiyasida qatnashmoqda
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etmoqda. An’anaviy tarzda Shveysariyaning Jeneva shahri mezbonlik qilayotgan sessiyada 194 mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari qatnashmoqda.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lumot berishicha, assambleyaning bu yilgi sessiyasida sog‘liqni saqlash sohasiga doir murakkab masalalar va ularning yechimiga doir chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarining salomatlikka salbiy ta’siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi, dori-darmon va vaksina ta’minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha global strategiya masalalari muhokama qilinadi.
Sessiya 26-may kuni yakunlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter