Alisher Sa’dullayev rasman Yoshlar ittifoqiga rais etib saylandi
Alisher Sa’dullayev tashkilot raisi sifatida rasman saylandi. U Qahramon Quronboyev lavozimdan ketganidan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi vazifasida edi.
Xabar.uz manbasiga ko‘ra, saylov yoshlar masalalari bo‘yicha videoselektor davomida o‘tkazilgan.
Alisher Sa’dullayev Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimidan Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter