«Akmal Burxonov nomi bilan feyk tarqatilmoqda» – Aksilkorrupsiya agentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov nomi bilan bog‘liq holda mobil ilova dasturi orqali mo‘may mablag‘ qo‘lga kiritish mumkinligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda, deyiladi agentlik xabarida.
«Mazkur xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va yurtdoshlarimizni bu kabi «feyk» ma’lumotlarga ishonmaslikka, firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
Eslatib o‘tamiz, asossiz va yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun qonunchiligimizda ma’muriy va jinoiy javobgarlik normalari belgilangan», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter