«AKFA Medline»da ikki oy davomida 200 ga yaqin jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi (video + foto)
«AKFA Medline» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yuqori malakali shifokorlari qisqa vaqt ichida turli murakkablikdagi 200 ga yaqin jarrohlik operatsiyalarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.
«AKFA Medline»ning jarrohlik bo‘limida mahalliy shifokorlar bilan bir qatorda dunyoning yetakchi tibbiy klinikalaridan taklif etilgan mutaxassislar ham faoliyat yuritishadi. Ular orasida ayol jarrohlar ham bor.
Eng zamonaviy va innovatsion tibbiy uskunalar bilan jihozlangan jarrohlik bo‘limida deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sohada yetakchi bo‘lgan davlatlarnikidan qolishmaydigan jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Misol tariqasida oyoq va qo‘l, ko‘z, quloq va burun, umurtqa pog‘onalari, ginekologik va urologik, ko‘krak qafasi va boshqalarni keltirish mumkin.
Jarrohlik operatsiyalarida narkoz berish o‘ta muhim bosqich hisoblanadi. «AKFA Medline» da aynan shu jihatga katta e’tibor qaratiladi. Zamonaviy uskuna va jihozlar bemorlarga uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning ahvollarini monitoring qilib borish imkonini beradi.
Shubhasiz, bemorning tezda shifo topishida ruhiyatning ahamiyati katta. Yon-atrofingiz yam-yashil bog‘lardan, rang-barang gulzordan iborat bo‘lsa, kayfiyatingiz ko‘tarilishi aniq. Shu holatlarga e’tibor qaratilib, klinika rahbariyati tomonidan bemorlarning toza havoda dam olishlari uchun maxsus joylar tashkil qilingan, markaz hududida favvoralar ishlab turibdi.
Bemorlarning to‘g‘ri ovqatlanishlarini tashkil etish – sog‘ayish yo‘lidagi dastlabki va eng asosiy qadam. Shu maqsadda, klinikaga tashqaridan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishgu ruxsat berilmaydi. Bemorlarning shaxsiy shifokori tavsiyasiga ko‘ra, bepul sifatli issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu bilan bemor tomonidan shifokor ruxsat bermagan taomni tanovvul qilishining oldi olinadi.
Tibbiyot xodimlarining tarkibini shakllantirish hamda «AKFA Medline» tibbiyot markazida bemorlarni davolash uchun Hindiston, Janubiy Koreya, Germaniya mamlakatlari yetakchi klinikalarining amaliyotlaridan foydalaniladi.
Tibbiyot markazida bemorlar uchun taqdim etilgan yana bir o‘ziga xos jihatni qayd etish zarur. «AKFA Medline»ga tashrif buyuruvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra tongda markazga kelib, davolanib bo‘lgandan so‘ng, kechki payt uylariga qaytishlari ham mumkin.
Innovatsion texnologiyalar yordamida oddiy tekshiruvdan to murakkab jarrohlik operatsiyalarigacha amalga oshiriladigan klinikada nafaqat yurtimiz aholisi, balki qo‘shni respublikalardan ham bemorlar davolanib ketishmoqda.
- Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5-A uy;
- Mo‘ljal: “Beruniy” metro bekati;
- Telefonlar: 1141 yoki +998(71) 203-30-03.
Reklama huquqi asosida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter