Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining ilk qaldirg‘ochlari Termizda tantanali kutib olindi

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining ilk qaldirg‘ochlari Termizda tantanali kutib olindi

Foto: O‘zA

Termiz xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining ilk qaldirg‘ochlari davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Termiz tumanida barpo etilgan ta’lim markazida qo‘shni davlat yoshlarining o‘zlari tanlagan kasb bo‘yicha o‘qib, izlanishi va yetuk mutaxassis bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha zamonaviy sharoit yaratilgan. Auditoriya va laboratoriyalar zamonaviy ta’lim standartlari asosida jihozlangan. Barcha qulayliklarga ega yotoqxona barpo etilgan.

Afg‘onistonlik talaba-yoshlar shu kuni Termiz shahridagi Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qildi. Mintaqamizda yagona Termiz arxeologiya muzeyida bo‘ldi. Shaharning boshqa diqqatga sazovar joylarini tomosha qildi.

— O‘tgan yili kollejni tugatdim, — deydi Afg‘oniston Islom Respublikasining Mozori Sharif shahridan kelgan Saidg‘ulom Saxiy. — O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, kelgusida o‘z yurtimizda bolalarga shu tilni o‘rgatishni maqsad qilib olganman. Bu shahar bizda dastlabki kundanoq katta taassurot o‘yg‘otdi. Ayniqsa, tarixiy obidalar va boy qadimiy merosga ega muzeyni tomosha qilib, O‘zbekiston haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan qiziqarli konsert dasturi barchaga bir olam zavq ulashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring