Adliya vazirligi: «Xodim kim bo‘lishidan qat’iy nazar, unda halollik bo‘lmasa voz kechiladi»

Bugun 31-iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan harakatlar, idoraviy dastur ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Tojiyevning ma’lumot berishicha, tizimda 1028 ta qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazilib, 832 ta mas’ullarga tegishli jazo choralari ko‘rilgan.
2019-yilning o‘tgan davrida adliya tizimidagi har bir xodimga muhim signal yetkazilgan. Ya’ni unga ko‘ra, xodim kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning o‘tmishdagi xizmatlariga qaramasdan, halollik bo‘lmasa xodimdan voz kechiladi.
Shuningdek, 670 ta «sirli mijoz» tadbirlari o‘tkazilib, bu orqali 221 nafar mas’ulga tegishli jazo chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter