Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Sergelida qurilayotgan uylarning narxini tushirish bo‘yicha topshiriq berdi

Abdulla Aripov Sergelida qurilayotgan uylarning narxini tushirish bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: «Spot.uz»

Bugun, 11-aprel kuni Sergeli tuman hokimligida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Bu haqda telegramdagi «Imtiyozli uy» kanali xabar berdi.

Qabulda Sergeli tumanida qurilgan imtiyozli uylarning narxi va sifati yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Bosh vazir tomonidan tegishli mutassaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytirish hamda xonadonlar sifatini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bir oy muddatdan so‘ng Respublika komissiyasi xulosasi asosida qayta ko‘rib chiqilgan xonadon narxlari bo‘yicha ochiq, oshkora hisobot berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, kanal axborotida har xil boshqa provakatsion xabarlarga ishonmaslik, ushbu masala shaxsan Bosh vazir nazorati ostida ekanligi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring