80 ta tuman dorivor o‘simliklarni yetishtirishga moslashtiriladi
Bugungi yig‘ilishda mahalliy farmatsevtika korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar belgilandi.
Jumladan:
- qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan xom ashyolar ro‘yxati Investitsiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi va Farmatsevtika agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Hozirgi kunda ushbu ro‘yxat 5 ta vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va 5 yildan buyon yangilanmagan;
- mahalliy korxonalarning GMP sertifikatini olish bilan bog‘liq xarajatlari Farmatsevtika agentligi tomonidan qoplab beriladi;
- korxonalarni modernizatsiya qilishni moliyalashtirish To‘g‘ridan-to‘g‘ridan investitsiyalar jamg‘armasi ishtirokida amalga oshiriladi.
Yig‘ilishda yil yakuniga qadar 80 ta tumanni dorivor o‘simliklarni yetishtirishga moslashtirib, 7,5 ming gektarda plantatsiyalar tashkil etish (hozirda 600 gektar) vazifasi qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter