Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

670 million so‘mlik tibbiy niqoblarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

670 million so‘mlik tibbiy niqoblarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Foto: «Customs.uz»

Qariyb 670 million so‘mlik tibbiy niqoblarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi «niqob» operatsiyasi fosh etilgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida umumiy qiymati 668,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan, tegishli sertifikatlari bo‘lmagan tibbiy niqoblar mavjudligi va ularni chetda qayta sotish rejalashtirilganligi aniqlangan.

Xabarga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring