So‘rov: 64 foiz respondent Moliya vazirligi xizmatidan qisman qoniqadi
Joriy yilning 23-aprelidan 1-may kuniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda Davlat budjetining g‘azna ijrosi bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
So‘rov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi hamda Telegram messenjerining kanalida joylashtirildi.
Ushbu so‘rovda jami 2346 respondent qatnashdi. Qabul qilingan javoblar natijasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
— respondentlarning 73,7 foizi budjet tashkilotlari uchun xaridlarning eng yuqori bahosini belgilab qo‘yish yo‘li bilan oziq-ovqat narxlarini tartibga solish amaliyotiga ijobiy baho berishdi;
— 54,5 foiz respondentlar 2018 yilda budjet tashkilotlarining olingan tovar (ish, xizmatlar) uchun yetkazib beruvchilarga o‘z vaqtida to‘lovlarning amalga oshirilishi va budjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishi yuzasidan ijobiy siljishlar kuzatilayotganini ta’kidlab o‘tdilar.
So‘rov qatnashchilarining 64 foizi mutaxassislarning ko‘rsatayotgan xizmatlari qisman qoniqtirishini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter