Avstraliyada 50 mingdan ortiq uylar issiq ob-havo sabab chiroqsiz qoldi

Avstraliyaning janubi-sharqida joylashgan Viktoriya shtatidagi 50 mingdan ortiq xonadon chiroqsiz qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, shtatning ayrim tumanlarida ob-havo 40 daraja issiqlikni tashkil etmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Yakshanbadan dushanba kuniga o‘tar kechasi ayrim hududlarda ob-havo 30 darajaga tushgan. Hukumat vakillarining xabar berishicha, ob-havoning keskin ko‘tarilishi elektr energiyasidan birdaniga ko‘pchilik aholining foydalanishi sabab energiya tarqatish tarmog‘idagi transformator va tizimda nosozliklar kelib chiqqan.
Dushanba kuni elektr energiyasi qisman ta’mirlandi, shunday bo‘lsa-da, minglab insonlar hali-hanuz chiroqsiz qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter