12 ming nafar londonlikni o‘ldirgan «no‘xat sho‘rva»
1952-yilning 5-dekabr kuni London shahri o‘ta qalin smog (tutun) iskanjasida qoldi. O‘sha qish Angliyada odatdagidan qattiq keldi, shaharliklar uylarini yaxshiroq isitish uchun pechlariga ko‘proq ko‘mir qalay boshlashdi. Sovuq va shamolsiz antitsiklon mo‘rilardan chiqqan tutunni shahar ustida to‘plab, qalin smog hosil qildi. Qurum aralash tutun sarg‘ish-qora tusda bo‘lgani uchun «no‘xat sho‘rva» degan nom oldi.
Smog Londonni to‘rt kungacha tark etmadi. Uning qalinligidan mashinalar harakatlana olmas, tutun binolarning ichigacha yopirilib kirgani uchun konsertlar, kinofilmlar namoyishi bekor qilingandi.
Keyingi haftalar ichida to‘plangan statistika smog 4 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lganini ko‘rsatdi. Ammo keyinroq o‘tkazilgan tadqiqotlarda halok bo‘lganlar soni ancha ko‘proq — qariyb 12 ming kishi ekani aniqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter