30–65 yoshdagi ayollar skriningdan o‘tkaziladi
«Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, onkologik kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta diagnostika qilish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
9–14 yoshdagi o‘smir qizlar odam papillomasi virusiga qarshi emlanadi;
30–55 yoshdagi ayollar bachadon bo‘yni hamda 45–65 yoshdagi ayollar ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skriningdan o‘tkaziladi;
barcha tuman va shaharlarda «onko-nazorat» xonalari tashkil etiladi. Ular faoliyatining sifati Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maxsus axborot tizimi orqali nazorat qilinadi;
birlamchi bo‘g‘in shifokori uchun gematologik va onkologik yo‘nalishda qisqa muddatli seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirlar bajarilishiga viloyat hokimlari shaxsan javobgar ekanligi hamda gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash, muvaffaqiyatli davolash hamda o‘lim holatining kamayishi ular faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter