23 yildan buyon O‘zbekiston fuqaroligini ololmayotgan oilaga pasport berildi

Kecha, 30-mart kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani aholisining murojaatlari yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Sayyor qabul jarayonida hududdagi yig‘ilib qolgan muammolar – kadastr, yo‘l ta’miri, passport tizimi, ijtimoiy yordam, noqonuniy qurilmalar, kredit olish kabi o‘nlab masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan.
Shundan so‘ng Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Aripov, Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida qariyb 23 yildan buyon yashab, fuqarolik passportini ololmay kelayotgan Q.Boboqulov va uning farzandi Sh.Boboqulovlarni taklif etib, ularga Prezident farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilganligini ma’lum qildi va tantanali ravishda fuqarolik pasportlarini topshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter