Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

23–27-yanvar kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilyapti

23–27-yanvar kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilyapti

Foto: Xabar.uz

Bosh vazir raisligidagi yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda jamoat transporti, kommunal soha va chiqindi tashish maxsus texnikalari, qolipli non ishlab chiqaruvchi korxonlarning maxsus transport vositalari uchun hozirdan alohida gaz quyish shoxobchalarini biriktirib berishi kerakligi ta’kidlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda tabiiy gaz qazib olish hajmini 56,3 mlrd kub metrga yetkazib (2022-yilda 51,7 mlrd kub metr), o‘tgan yilga nisbatan 4,6 mlrd kub metrga oshirish imkoniyati bor.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya joriy etish va energiya samaradorligini oshirish hisobiga 1,6 mlrd kub metr gaz iqtisod qilishimiz  mumkin.

«O‘zbekneftgaz» AJ joriy yilda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini 32,8 mlrd kub metrga yetkazish uchun qiymati 5,7 trln so‘mga teng 744 ta geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirishi zarurligi qayd etildi.

Energetika vazirligi joriy yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi, ko‘mir va mazut importi bilan bog‘liq masalalarni qayta ko‘rib chiqishi, boshqa muqobil hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazishi, kelishuvlarga erishish bo‘yicha oldindan barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan, 23–27-yanvar kunlari respublikaning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi va buning natijasida havo harorati joylarda kechasi -5...-18 daraja sovishi bashorat qilinmoqda.

Shuning uchun, o‘tgan 15 kun davomida amalga oshirilgan tadbirlarni yanada kuchaytirgan holda shtablar faoliyatini davom ettirish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring