Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22 yil deganda ilk bor qashshoqlik darajasi o‘sdi

22 yil deganda ilk bor qashshoqlik darajasi o‘sdi

Foto: «Express-novosti.ru»

Dunyoda qashshoqlik 22 yil ichida birinchi marta o‘sdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

«Beqaror va mojarolardan zarar ko‘rgan mintaqalarda iqtisodiy faollikning pasayishi yana 18-27 million kishini qashshoqlikka duchor qilishi kutilmoqda», — dedi u.

Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030-yilga kelib dunyodagi eng qashshoq odamlarning uchdan ikki qismi beqaror mamlakatlarda yashaydi.

Guterrishning ta’kidlashicha, mojarolar qashshoqlik va institutlarning beqarorligini keltirib chiqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring