2050-yilgacha Yer yuzida ayrim hayvonlar deyarli yo‘qolib ketishi mumkin
2050-yilga kelib, Yer yuzida ayrim turlar ommaviy yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Olimlarga ko‘ra, ayrim hayvonlarning deyarli 40 foizi yo‘q bo‘lib ketishi xavfi bor. Bu haqda Live Science portali Yangi Zelandiyadagi Otago universiteti olimi Nik Roulensning so‘zlariga asoslanib xabar bermoqda.
«Ehtimol, turlar global miqyosda yo‘q bo‘lib ketmasligi mumkin, ammo yangi sharoitlarga moslasha olmaydiganlarning yashash joylari va soni qisqarishi mumkin. Ular funksional jihatdan yo‘q bo‘lib ketadi. Hozirgi inqiroz hali o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqmagan, ammo u yaqinlashmoqda», dedi Roulens.
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining «Qizil kitob»i ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 41 000 ga yaqin tur, ya’ni barcha baholanganlarning deyarli uchdan bir qismi yo‘qolib ketish xavfi ostida. Ular orasida Sumatra orangutani (Pongo abeli), Uzoq Sharq qoplonlari, Sumatra fili, qora karkidon va boshqa ko‘plab hayvonlar bor.
Ushbu turlarning aksariyati 2050-yilgacha omon qolmasligi mumkin. Masalan, yovvoyi tabiatda atigi 70 ta Amur leopardlari va 10 ta Kaliforniya cho‘chqalari qolgan.
Roulensning fikriga ko‘ra, inson faoliyati turlarning yo‘q bo‘lib ketishini jadallashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter