2023-yil iqlimi El-Nino hodisasi fonida shakllanadi. Bu qanday xavf tug‘diradi?
Iqlimshunoslar anchadan beri Tinch okeani markazidagi katta massadagi suv harorati bilan bog‘liq El-Nino va La-Nino hodisalari dunyo iqliminining «motori» ekanini ta’kidlab kelishadi.
Oxirgi uch yillikdagi La-Nino faolligi bizning mintaqada antitsiklonlar rivojlanishi fonida qish-bahor mavsumida to‘satdan kirib keluvchi anomal sovuq havo to‘lqinlarini oshirib yubordi, deydi iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Joriy yil mart oyidan esa La-Nino o‘rnini El-Nino egallashi prognoz qilinmoqda. «El-Nino» fenemon hodisa iqlim katakilzmlari chastotasi ortishi, materik markazida davomli qurg‘oqchilik va to‘satdan yuzaga keluvchi jadal yog‘inlar xavfini ko‘paytiradi. 2016-yil dunyoda El Ninoning faolligi dunyo iqlimini oldingi yillarga nisbatan keskin isishiga olib kelgan edi.
Dunyoda 2023-yil harorati 2022 -yil haroratidan issiq bo‘ladi. 2024-yil esa yuqori ehtimol, dunyoda oxirgi 8-9 yillik va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin. Hatto, o‘rtacha yillik harorat Parij iqlim bitimi shartlaridagi dunyo haroratini 1.5 darajadan ortib ketishi oldini olish majburiyatlaridan ham o‘tishi mumkin.
Iqlim anomaliyalari ortishi 2023-yilda qishloq xo‘jalik tarmog‘ida puxta rejalar, iqlim bilan hisoblashlar asosida oziq-ovqat xavfsizlik masalalariga e’tibor berishni taqozo etadi. An’anaviy usullar yordamida tirikchilik qilishlar El-Nino hodisasi faolashganda u qadar o‘zini oqlamaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter