Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilgi obodonlashtirish dasturi doirasida qariyb 29 trillion so‘m ajratildi

2022-yilgi obodonlashtirish dasturi doirasida qariyb 29 trillion so‘m ajratildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilgi dasturlar doirasida 4 100 ta mahallani obod qilish, bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga budjetdan qariyb 29 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Buning natijasida:

- 434 ta mahallada ichki yo‘llar ta’mirlangan;

- 672 ta mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgani hisobiga, 1,5 million aholi ilk bora toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan;

- 2 mingdan ortiq mahallaga xizmat qiladigan 34 ta yangi maktab ishga tushirilgan, 338 tasi rekonstruksiya qilinib, 360 tasi ta’mirlangan. Bularning hisobiga 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratilgan;

- joylarda 580 ta transformator, 20 ming kilometr tarmoqlar yangilanib, 413 ta mahalladagi 1,5 million nafar aholining elektr ta’minoti yaxshilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring