Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilda yo‘llarni ta’mirlash uchun 4,5 trln.so‘m ajratiladi

2021-yilda yo‘llarni ta’mirlash uchun 4,5 trln.so‘m ajratiladi

Foto:«Xabar.uz»

AOKAda Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida anjuman o‘tkazildi. 

Unda so‘zga chiqqan qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarovga ko‘ra, 2021 yilda yo‘llarni ta’mirlashga 4,5 trln.so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilib, 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi. 

Shundan:

– investitsiya dasturi doirasida2 165,0 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 95,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi;

– kapital ta’mirlash dasturi doirasida 355,0 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilib, 100,0 km avtomobil yo‘li kapital ta’mirlanadi;

– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha 1 801,8 mlrd.so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 2 540,0 km avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi;

– ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha 255,6 mlrd.so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 1 200,0 km ichki yo‘llar ta’mirlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring