2020-yilda ochlik tufayli vafot etganlar soni ma’lum bo‘ldi
BMT 2020-yilda ochlikdan o‘lganlar sonini hisoblab chiqdi. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizli ma’lum qildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda qariyb yetti million kishi ochlik tufayli olamdan o‘tdi. Bizlining fikricha, muammoga qarshi kurashish uchun BMT yarim yil ichida 6,8 milliard dollar to‘plashi kerak.
Iyulda COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklovlar ayrim davlatlarda qishloqlarni oziq-ovqat va tibbiy yordamdan uzib qo‘ygani xabar qilingandi. Ocharchilik boshlanganidan beri dunyoda har oyda 10 mingta bola hayotdan ko‘z yummoqda. Mana, masalan, Burkina-Fasoda har beshta boladan biri to‘yib ovqatlanmaydi. Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin oshib ketdi. 21 million aholining qariyb yarmiga yegulik yetmaydi.
Devid Bizli aprel oyining oxirlaridayoq odamzod koronavirus pandemiyasi tufayli bir necha oydan so‘ng jiddiy oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishidan ogohlantirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter