Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilda tibbiy oliy o‘quv yurtlari bakalavr yo‘nalishiga maqsadli qabul 20 foizga oshiriladi

2018-yilda tibbiy oliy o‘quv yurtlari bakalavr yo‘nalishiga maqsadli qabul 20 foizga oshiriladi

Maqsadli qabul uchun 1 ming 180 o‘rin ajratildi.

Foto: «Uz24.uz»

2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov yil  sarhisobida ma’lum qildi.

«Tibbiy ta’lim bo‘yicha eng muhim hodisa, o‘qish muddatlarining qisqartirilgani bo‘ldi. Shuningdek, kasbiy fanlar bloki kengaytirilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 7 foizgacha qisqartirildi, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 85 foizgacha ko‘paytirildi. 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab birinchi marta maqsadli qabul yo‘lga qo‘yildi va 2017-yilda tibbiy oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul uchun 1 ming 180 o‘rin ajratildi», — deyiladi hisobotda.

2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz ko‘paytirish, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

2018-yil investitsiya dasturi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyasiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli klinikalarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini davom ettirish uchun 31,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring