Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yil 1-choragida qancha tug‘ilish va o‘lim holati kuzatildi?

2018-yil 1-choragida qancha tug‘ilish va o‘lim holati kuzatildi?

Foto: «Sobkor02»

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018-yil 1-aprel holatiga 32763,7 ming kishini tashkil etib, 2018-yilning yanvar-mart oylaridan 107,0 ming kishiga yoki 0,3 %ga o‘sgani haqida xabar bergan edik.

Davlat statistika qo‘mitasining xabariga ko‘ra, 2018-yilning yanvar-mart oylarida 147,0 mingta bola tug‘ilgani qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 18,2 promilleni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega kamaygan (2017-yilning yanvar-mart oylarida 18,3 promille bo‘lgan).

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Tug‘ilish koeffitsiyenti 2017-yilning mos davriga nisbatan Samarqand viloyatida (18,9 promilledan 20,1 promillega) va Toshkent (15,7 promilledan 16,6 promillega) shahrida sezilarli o‘sgan bo‘lib, aksincha kamayish esa Sirdaryo (19,5 promilledan 18,0 promillega) va Xorazm (16,9 promilledan 16,1 promillega) viloyatlarida kuzatildi. Jami tug‘ilganlarning 32,1 %i onaning 1-farzandi, 36,8 %i onaning 2-farzandi va 31,1 %i onaning 3-va undan yuqori farzandlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

2018-yilning yanvar-mart oylarida 37,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 promillega kamaydi (2017-yilning yanvar-mart oylarida 5,0 promille bo‘lgan). O‘lim koeffitsiyenti 2017-yilning mos davriga nisbatan Toshkent viloyatida (5,6 promilledan 6,1 promillega) va Toshkent shahrida (6,9 promilledan 7,0 promillega) o‘sgan bo‘lib, sezilarli darajada kamayishi Farg‘ona (5,0 promilledan 4,4 promillega), Xorazm (4,6 promilledan 4,0 promillega), Andijon (5,7 promilledan 5,2 promillega) va Namangan (5,0 promilledan 4,5 promillega) viloyatlarida kuzatildi. 2018-yil yanvar-mart oylarida jami vafot etganlarning 6,7 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichik yoshdagilarga (2017-yilda 7,4 %), 24,4 %i mehnatga layoqatli yoshdagilarga (2017-yilda 25,7 %), 68,9 %i mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagilar (2017-yilda 66,9 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. 2018-yilning yanvar-mart oylarida vafot etganlar soni 2017-yilning mos davriga nisbatan 1,5 ming kishiga kamaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring