Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yil 1-apreldan jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bir oydan oshmaydi

2018-yil 1-apreldan jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bir oydan oshmaydi

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Davlat dasturi kecha, 22-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Unga muvofiq 2018-yil 1-apreldan boshlab jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish) bir oydan oshmasligi lozimligi belgilandi. Alohida hollarda tekshirish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan. Undan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring