2018-yilning 1-aprelidan FHDYo organlari tuman (shaxar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi
Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. Mazkur farmon bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar belgilandi.
Xususan, hujjatda qayd etilishicha, 2018-yilning 1-aprelidan FHDYo organlarini ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shaxar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter