O‘zbekistonda 2017-2020 yillarda ijtimoiy sohaga 22 milliard AQSh dollari ajratilgan
Bugun bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ishtirokida «Ochiq muloqot: ijtimoiy soha — kecha, bugun, ertaga» mavzusida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Musayev muloqot davomida 2020 yil ijtimoiy soha uchun ma’sulyatli yil bo‘lganini ta’kidladi:
«Ijtimoiy soha davlat budjetining asosiy qismi yo‘naltiriladigan tarmoq. 2020 yilda sog‘liqni saqlash sohasiga katta og‘irlik tushdi. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilib, uning asosiy mablag‘lari Prezident tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari va koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltirildi. Shuningdek, bu mablag‘lar hisobidan chet eldan vatandoshlarimizni pandemiya davrida olib kelish va ularni karantin zonalarida saqlash va ta’minotiga sarflandi, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Muloqot davomida jurnalistlar va hukumat vakillari ijtimoiy sohadagi islohotlarning samaradorligi masalalarini muhokama qildilar. So‘nggi to‘rt yil statistikasi katta moliyaviy sarmoyalar va institutsional o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Shunday qilib, 2017-2020 yillarda ijtimoiy sohaga 188,8 trillion so‘m (22 milliard AQSh dollari) ajratildi.
Jumladan, faqat «COVID-19»ga chalingan kasallarni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar, karantin majmualari va zamonaviy laboratoriyalarni zudlik bilan qurish uchun 96 million dollar miqdoridagi mablag‘ ajratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter