Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qahramon Quronboyev darsni buzib kirish, seriallar, 200 mlrd. so‘m pul haqidagi va boshqa savollarga javob berdi (video)

Qahramon Quronboyev darsni buzib kirish, seriallar, 200 mlrd. so‘m pul haqidagi va boshqa savollarga javob berdi (video)

Kadr: «YouTube»

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev onlayn konferensiya o‘tkazdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, yoshlar, blogerlar, aholining turli qatlamlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Konferensiya Qahramon Quronboyevning «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali jonli uzatildi.

«Xabar.uz» vakili konferensiyada qatnashdi va eng qiziqarli 12 savolga 12 javobni saralagan holda videolavha shaklida sizga taqdim etmoqda:

1. Yoshlar ittifoqi vakillari nega doim maktablarda sinf xonalariga darslarni buzib kiradi? Bugungi ta’lim sifati sizni qoniqtiryaptimi?

2. Yoshlar ittifoqi kafilligida joylarda jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan yengil turiga almashtirilgan yoki sud zalidan butunlay ozod qilingan yoshlarni har doim ham nazorat qila olmaysiz-ku?

3. Telekanallarda yoshlarning tarbiyasini buzadigan film va seriallar efirga uzatilishiga munosabatingiz qanday? Chekish, ichish, xiyonatga targ‘ibot masalalari...

4. O‘nta tadbir o‘tkazishdan ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bir nafar yoshga yordam bergan yaxshi emasmi?

5. Imkoniyati cheklangan yoshlar assotsiatsiyasi hududlarda ham filiallar ochadimi?

6. Men arxitektorman, qurilish tashkiloti ochmoqchiman. Yoshlar ittifoqi nima yordam bera oladi?

7. Oliy o‘quv yurtlariga Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan kirish kvotasi qancha?

8. 2018-yil uchun obuna bo‘lganmiz, lekin gazeta-jurnallar haligacha yetib kelgani yo‘q! Xususiy matbuot tarqatuvchilar to‘g‘risida fikringizni bilmoqchi edik.

9. Yosh oilalarning ajrimida kimning aybi ko‘proq?

10. Paxtaoboddagi yengil sanoat kollejida 50 ta tikuv mashinasi haftada ikki kun ishlaydi. Nega?

11. Moliyalashtirish masalasi qachon hal bo‘ladi? Prezident aytgan tizim qachondan joriy etiladi? Yoshlar ittifoqining 200 mlrd. so‘m olgani rostmi?

12. Rossiyada o‘qiyman, diplom nostrifikatsiyasi bo‘yicha yangilik bormi?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring