Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

200 million so‘mlik televizorlar manzilga yetib bormadi

200 million so‘mlik televizorlar manzilga yetib bormadi

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Yu.O. boshqaruvidagi «Sprinter» rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib uning yukxonasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va maxsus markirovka bilan markirovkalanmagan umumiy qiymati 200 million so‘mlik 98 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring