Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2 oy avval qimmatlagan «Afrosiyob» poyezdi chiptalari narxi yana oshiriladi

2 oy avval qimmatlagan «Afrosiyob» poyezdi chiptalari narxi yana oshiriladi

Foto: railway.uz

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2018-yilning 1-noyabridan «Afrosiyob» tezyurar poyezdlariga chiptalar narxini oshiradi.  Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu elektr energiyasi, xomashyo, ehtiyot qismlar uchun barcha xarajatlarni qoplash va xodimlarga raqobatbardosh ish haqini to‘lash uchun zarur chora hisoblanadi.

Narxlarni o‘zgartirish mavjud yo‘nalishlar sonini saqlab qolish va yo‘lovchilarni ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlar bo‘yicha tashishda ortiqcha xarajatlarni yo‘qotish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishlarida 4 ta «Afrosiyob» tezyurar poyezdi harakatlanib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi yo‘l chipta narxlari shu yilning 15-avgustida ham 34—35 foizga oshirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring