18 yoshga to‘lmaganlarga taqiqlangan ishlar ro‘yxati tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatga ko‘ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:
- Ko‘mirni boyitish apparatchisi;
- Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
- Yer osti kon ishchisi;
- Tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni me’yoriga yetkazuvchi;
- Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
- Olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
- Issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;
- Neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;
- Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
- Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
- Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
- Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
- Gipsni qizdiruvchi;
- Asfaltbetonchi;
- Novvoy;
- Xamir qoruvchi;
- Go‘sht mahsulotlarini kesuvchi;
- Muzqaymoq tayyorlovchi;
- Naqqosh;
- Yo‘lovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
- Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter