Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 yoshga to‘lmaganlar ishlashi mumkin kasblar ro‘yxati tasdiqlandi

15 yoshga to‘lmaganlar ishlashi mumkin kasblar ro‘yxati tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Ro‘yxatda 219 ta «yengil turdagi» madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish muassasalarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish, shuningdek, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.

Mazkur ro‘yxatda ko‘rsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi, ta’lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring